Leon - bu biz

Leon - bu "Modern Digital Solutions" Mas`uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli veb studiya bo`lib, turli xil murakkablikdagi veb saytlar va har xil turdagi dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, yuksak malaka va ko'nikmaga ega bo'lgan quvnoq va ahil jamoa.

Biz ishlab chiqargan mahsulotlar va ularning boshqa mahsulotlar orasida tutgan o`rni va reytingi bilan tanishish uchun portfoliomizga nazar tashlashingiz mumkin.

Bizning maqsadimiz

Bizning asosiy maqsadimiz jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatlarini avtomatlashtirish va ularga har qanday murakkablikdagi va sifatli veb saytlar (oddiy saytdan tortib forum, ijtimoiy tarmoq va internet magazinlargacha) va dasturiy ta`minotlar (buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturlar, kadrlar ma`lumotlarini qayta ishlovchi dasturlar, ma`lumotlar ombori, nostandart dasturlar, va hkz) ishlab chiqarishdir.

Hozirgi kunda fan va texnika shu darajaga yetib kelganki, siz o`z biznesingizni boshqarsangiz kifoya. Qolgan elementar va insonni toliqtiruvchi operatsiyalar va ularning nazoratini biz ishlab chiqargan dasturiy taminotlarga bemalol ishonib topshirishingiz mumkin.

Ishlash uslubimiz

  1. Ishlash uslubimiz juda oddiy. Loyiha menejerimiz siz bilan bog`lanadi va tarif rejalarimiz bilan sizni tanishtiradi.
  2. O`zingiz uchun mos va qulay tarifni tanlaganingizdan so`ng, dizaynerimiz tomonidan saytning taxminiy maketlari chiziladi va 3 kun ichida sizga taqdim etiladi.
  3. O`zingizga ma`qul kelgan maketni tanlaganingizdan keyin, bizning dasturchilarimiz saytning dasturiy qismini ishlab chiqishadi va internetga joylashtirishadi.
  4. Qarabsizki, SIZning internetdagi veb-saytingiz tayyor!